Qadrly Bepul boshlash

Hech bir tugʻilgan kun esdan chiqmaydi.

Qadrly xodimlaringizning tugʻilgan kuni va yubileylarini oldindan eslatadi, kompaniya nomidan otkritka tayyorlaydi va gul yoki sovgʻani oʻz vaqtida eshigigacha yetkazadi.

Toʻlov kartasi kerak emas. Xodimlar roʻyxatini Excel’dan bir daqiqada yuklaysiz.

Qadrly yasagan otkritka: «Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin!» va shu kuni tugʻilgan xodimlar ismlari

Uch qadam — HR’ning bir daqiqasi

Har kuni ertalab Qadrly kalendarni oʻzi tekshiradi. Siz faqat tasdiqlaysiz.

  1. Eslatadi

    Tugʻilgan kun, yubiley, ish yillik va bayramlarni 7, 3 va 1 kun oldin Telegram yoki emailga yuboradi.

    7 · 3 · 1 kun oldin
  2. Tayyorlaydi

    Shu kuni ertalab kompaniya nomi va logotipi bilan otkritka yasaydi. Bir bosishda tasdiqlaysiz — u kompaniya kanaliga joylanadi.

    Soat 07:00 da
  3. Yetkazadi

    Katalogdan gul yoki sovgʻa tanlaysiz — doʻkon tayyorlaydi, kuryer yetkazadi, siz har qadamni va topshirish suratini koʻrasiz.

    Tanlangan vaqt oraligʻida

Excel jadvali va eslatma qogʻozlari oʻrniga

Hozir

  • Tugʻilgan kunlar jadvalda, eslatish esa HR’ning xotirasida.
  • Otkritkani har safar dizayner yoki shablondan qoʻlda tayyorlash.
  • Gul buyurtmasi — qoʻngʻiroqlar, naqd pul va «yetib bordimi?» degan savol.

Qadrly bilan

  • Roʻyxat bir marta yuklanadi, eslatmalar oʻz vaqtida keladi.
  • Otkritka avtomatik tayyor: matnni yoki fonni xohlasangiz oʻzgartirasiz.
  • Sovgʻa — bir bosishda, bank orqali toʻlov, har bir bosqich va surat kabinetda.

Tariflar xodimlar soniga qarab

Barcha imkoniyatlar har bir tarifda. Birinchi 14 kun — toʻliq bepul.

Start

50 tagacha xodim

  • 1 ta HR foydalanuvchi
  • Eslatmalar va otkritkalar
  • Telegram kanalga joylash
Boshlash

Biznes

51–300 xodim

  • 3 ta HR foydalanuvchi
  • Boʻlimlar va filiallar
  • Sovgʻa buyurtmalari
Boshlash

Korporativ

301–1000 xodim

  • HR soni cheklanmagan
  • Boʻlim rahbarlari
  • Hisobotlar
Boshlash

Enterprise

1000 dan ortiq

  • Alohida shartlar
  • Shaxsiy menejer
Bogʻlanish

Narxlar shartnomada kelishiladi. Toʻlov — bank oʻtkazmasi orqali.

Gul yoki sovgʻa doʻkonimisiz?

Kompaniyalar xodimlari uchun buyurtmalarni sizdan beradi. Buyurtma Telegram’ga keladi, kuryer olib ketadi, pul har davr yakunida hisobot bilan oʻtkaziladi.

Ariza qoldirish